09:30 / 29.09.2020
2 531

Yoqimtoy jonivorlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlandi

Yoqimtoy jonivorlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlandi
Britaniyaning Lidsa universiteti olimlari Tourism Western Australia kompaniyasi bilan birgalikda tajriba o‘tkazib, yoqimtoy hayvon aks etgan video psixologik salomatlik uchun foydali, degan to‘xtamga keldi.

Tajriba doirasida o‘n to‘qqiz ishtirokchiga yarim soat davomida dunyodagi eng baxtli hayvon deb ataladigan kvokka videosi ko‘rsatilgan. Ishtirokchilarning ko‘pchiligi yarim soatdan keyin imtihon topshirishi kerak bo‘lgan talabalar, qolganlari esa stressdan charchagan universitet xodimlari bo‘lgan.
[media=https://youtu.be/YUFIuwV2wlY]
Tajriba natijasiga ko‘ra, ishtirokchilarning pulsi va arterial qon bosimi asabiylashishga qaraganda pasaygan va me’yorga kelgan.
Ishtirokchilarning ayrimlari 35 foizga, ba’zilari esa 50 foizga tinchlangan. Ulardan biri shunchalik tinchlanganidan hatto uxlab qolgan. Olimlar yoqimtoy hayvonlarni hayotda kuzatish bundan ham ko‘proq foyda berishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoqimtoy jonivorlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlandi