O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Hukumatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Emomali Rahmon, o‘z navbatida, Davlatimiz rahbari nomiga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirib, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa yetakchi sohalardagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Xususan, birgina O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, sentabr oyining o‘zida Dushanbe shahrida taniqli olimlar, tadqiqotchilar va yetakchi ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston – Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida O‘zbekiston tomonidan 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu qator sohalarni qamrab olgan tadbirlar o‘zaro aloqalarni mazmunan yanada boyitgani qayd etildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”