15:19 / 22.10.2020
2 094

Qarzdorga tegishli bo‘lgan "Epika" avtomashinasi qaytarib berildi

Qarzdorga tegishli bo‘lgan "Epika" avtomashinasi qaytarib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 12.03.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “JITA MILK” jamiyatidan undiruvchi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini eksportini qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi foydasiga 205.000.000 so‘m qarz, 1.000.000 so‘m jarima va 9.691.700 so‘m sud xarajati, jami 215.691.700 so‘m undirish to‘g‘risida ijro ishi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Shuningdek, qarzdorlik bo‘yicha qo‘shimcha javobgar A.Sultonovga tegishli bo‘lgan taraflar o‘rtasidagi kelishuv dalolatnomasiga asosan 109.000.000 so‘mga baholangan “Orlando” avtotransporti va qo‘shimcha qarzdor J.Mashhadiyga tegishli bo‘lgan taraflar o‘rtasidagi kelishuv dalolatnomasiga asosan 73.000.000 so‘mga baholangan “Epika” avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi T.Bakixanov tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdorning mol-mulklarini aniqlab, undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YXHBga, Toshkent shahar “Yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat kadastri” xizmatiga hamda bank muassasalariga so‘rovnomalar yuborilgan.

Shu bilan birga qarzdor jamiyatining hisob raqamlariga band solingan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatdan jami 142 mln. 600 ming so‘m pul mablag‘i undirilgan va undiruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari qo‘shimcha qarzdor J.Mashhadiyga tegishli bo‘lgan taraflar o‘rtasidagi kelishuv dalolatnomasiga asosan 73.000.000 so‘mga baholangan “Epika” avtotransport vositasi bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan xatlanib mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va sotuv uchun onlayn-auksionga qo‘yilgan.

Shundan so‘ng joriy yilning 19 oktabr kuni qarzdor tomonidan olib kelingan to‘lov pattasiga asosan ijro hujjati to‘liq amalda ijro etilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Epika” avtotransport vositasi qaytarib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorga tegishli bo‘lgan "Epika" avtomashinasi qaytarib berildi