
Nurotalik Z.Roziqova o‘n bir yil muqaddam oila qurgan. O‘tgan vaqt mobaynida oilada 3 nafar farzand dunyoga kelgan. Afsuski, ota-onaning kelishmovchiliklari sabab ushbu oila parokanda bo‘ldi. Farzandlar esa sarson. Ularning tarbiyasiga qayg‘uradigan kimsa qolmadi.
Shunday vaziyatda ona sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi voyaga yetmagan farzandlar – 2010 yilda tug‘ilgan Z.Razzoqova, 2013 yilda tug‘ilgan G.Razzoqova hamda 2015 yilda tug‘ilgan O.Razzoqovlarni onaning tarbiyasiga olib berish haqida qaror qabul qildi.
Ushbu qaror MIB Nurota tuman bo‘limiga kelib tushgach 3 nafar bola onaning tarbiyasiga olib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar