Bu savolda AOKA zalida o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova javob qaytardi:
- Kasal bo‘lmaslik uchun uning oldini olish, ya’ni profilaktika zarur.
Birinchi navbatda immunitetning yuqori bo‘lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish (to‘g‘ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur.
To‘g‘ri ovqatlanish:
- kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste’mol qilish,
- tarkibida yog‘, tuz, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish,
- kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish,
- kuniga 400 gr. dan kam bo‘lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish,
- ovqatning bir xilda bo‘lishidan cheklanib, ratsionga go‘sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, - ko‘katlarni qo‘shib iste’mol qilish zarur.
Shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o‘rni borligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan cheklanish, ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?