Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 30.09.2020 yil kungi ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor “GSA Tashkent” xususiy korxona hisobidan undiruvchi “Ipak yo‘li bank” AJ Toshkent shahar filiali foydasiga 229 045,48 AQSH dollari kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni garov mulki hisoblangan qo‘shimcha qarzdor “Rosagropromsnab” MCHJga tegishli bo‘lgan Jizzax shahar, M.Ulug‘bek mahallasi, Toshkent ko‘chasi hududida joylashgan noturar joy binosiga qaratish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 19.10.2020 yil kuni kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib qarzdorga ijrosini ta’minlash uchun yuborilgan.
Belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, ijro harakatlari davomida qo‘shimcha qarzdor “Rosagropromsnab” MCHJga tegishli garov mulki bo‘lgan Jizzax shahar, M.Ulug‘bek mahallasi, Toshkent ko‘chasi hududida joylashgan noturar joy binosi qarzdorlik evaziga xatlangan va realizatsiya qilish choralariga kirishilgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida garov mulki sotilib ketishini istamagan qarzdor “GSA Tashkent” xususiy korxona hisobidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan kredit qarzdorlik bank foydasiga to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi