
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 17.07.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Nasaf temir yo‘l kompleks qurilish” xususiy korxonasi hisobidan undiruvchi Z.Komolova foydasiga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi uchun tovon puli undirish belgilandi.
Byuroning Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishlaridan so‘ng qarzdor 200.000.000 so‘m kompensatsiya uchun tovon puli hamda 8 mln. 020 ming so‘m sud xarajatlarini to‘lab berdi. Ijro varaqada belgilangan so‘mma to‘liq undirilgach, ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar