«Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi

«Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi
Toshkent shahar iqtisodiy sudining joriy yil 7 sentabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati hisobidan “Techno Trading System” korxonasi foydasiga 468 mln. 334 ming 224 so‘m asosiy qarz va 4 mln. 683 ming so‘m davlat boji undirish belgilangan.
«Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi
Ijro hujjati yuzasidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik bartaraf etilmagach, majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, jamiyatning balansida bo‘lgan MITSUBISHI NATIVA hamda NEXIA rusumli avtomashinalari xatlab olindi.
Shundan so‘ng qarzdorlik tezda bartaraf etildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar