Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr, payshanba kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda qarshilik psixolog qizga 2 xonali uy sovg‘a qilgan. Bu haqda «Tez News» xabar berdi.
Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan.
Xususan, Qarshi tumanida yashovchi psixolog Shohida Jo‘rayeva Prezidentga yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifini bildirgan. Prezident uning taklifi ma’qul qelganini ta’kidlab, unga shahar markazidan 2 xonali uy sovg‘a qilinishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-12 noyabr kunlari davlatimiz rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qashqadaryo viloyatiga borgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi