Hayot Inog‘omov Foto: Toshkent shahar hokimligi
Bugun Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada Yangihayot tumani hokimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan ushbu lavozimga tavsiya etilgan Hayot Inog‘omov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Hayot Inog‘omov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
Shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman prokurori va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Yangihayot tumani prokurori lavozimiga Azamat Azimov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga esa Murod Raimov tasdiqlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?