2 483
MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: aliment to‘lovi bo‘yicha qarzdorga qidiruv e’lon qilingan
Joriy yilning 25 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan “Turmush o‘rtog‘im boshqa ayolga uylanib oldi. Voyaga yetmagan uch bolam bilan qiynalib qoldim. Alimentdan esa darak yo‘q” sarlavhali xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Aniqlanishicha, Byuroning Kasbi tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudining 19.04.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.Rahmonovdan undiruvchi S.Halimova foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ½ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor D.Rahmonovning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan javob xatlariga ko‘ra qarzdorning nomida mol-mulklari yo‘qligi aniqlangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning aliment qarzi qayta hisoblanib, 5 mln. 270 ming 808 so‘mni tashkil etishi aniqlanib, qaror qabul qilingan.
Shuningdek, qarzdorning hisobidan alimentni to‘liq undirish maqsadida qarzdorning yashash manziliga borilganda, kunlik ro‘zg‘orga zarur bo‘lgan anjomlardan boshqa biror bir turdagi moddiy qiymatga ega bo‘lgan mulklar yo‘qligi hamda qarzdor ishlash maqsadida noma’lum joyga ketganligi aniqlangan va bu haqida joriy yilning 2 sentabr kuni dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Shunga ko‘ra, qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan 03.09.2020 yilda qidiruv e’lon qilingan. Kelgusida qarzdor topilgandan so‘ng aliment pullarini undirish choralari ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi