Foto: «Korrespondent.net»
Daily Express nashri soch to‘kilishiga qarshi kurashda ko‘k choydan foydalanishni tavsiya qildi. Ma’lum qilinishicha, tadqiqotlar choy tarkibidagi katexinlar testosteron va digidrotestosteronning salbiy ta’sirlarini bloklashi aniqlangan. Aynan ushbu ikki gormon soch o‘sishini to‘xtatadi va uning to‘kilishini tezlashtiradi.
Avvalroq olimlar soch to‘kilishidan aziyat chekayotgan bir guruh odamlar ustida tajriba o‘tkazgan bo‘lib, ko‘k choy ekstrakti ularning bosh terisiga surtilgan va natijada sochlarning o‘sish faolligi sezilarli darajada oshganini qayd etilgan.
Sichqonlarda o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotda esa mutaxassislar ovqatiga ko‘k choy ekstrakti qo‘shib berilgan kemiruvchilarning uchdan bir qismida olti oydan so‘ng, juni o‘sishi faollashganini aniqlagan.
Ta’kidlanishicha, sochning uch fazadan iborat sikli mavjud: o‘sish, o‘tish fazasi va to‘kilish. Odatda bir kunda insonning o‘rtacha 50-100 dona sochi to‘kiladi. Bu kabi holatda xavotirlanishga hojat yo‘q. Biroq soch keragidan ortiq to‘kilayotgan bo‘lsa, trixologga murojaat qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?