Foto: LiveJournal
Mazkur qatnov «O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport va Tashqi ishlar vazirliklari rahbariyatining rossiyalik hamkorlar bilan muzokaralari natijasida pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatga olib kelish maqsadida tashkil qilindi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, qatnov 14, 21, 28 dekabr kunlari Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladi. Poyezdlar Moskvadan mahalliy vaqt bilan O‘zbekiston poytaxtiga soat 22:28da jo‘naydi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
«Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin» deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi