Saida Mirziyoyeva barcha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari uchun aksiya e’lon qildi.
«Ko‘ngil ko‘zi» Yangi yil xayriya aksiyasi doirasida uch mingdan ortiq ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi.
«Bizning tomonimizdan tekshiruv natijasiga ko‘ra ko‘rishni yaxshilash imkoni mavjudligi aniqlangan har bir bolaga yordam ko‘rsatiladi», — deya o‘z telegram kanalida ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun: «Ko‘ngil ko‘zi» xayriya aksiyasi 2019 yilning mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. U ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ta’limi, ularning ma’naviy va ruhiy rivojlanishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelgusi hayotga va jamiyatga moslashishi uchun yo‘naltirilgan.
Loyiha doirasida brayl shriftida darslik nashr etish yo‘lga qo‘yildi, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ehtiyojlariga ixtisoslashtirilga kompyuter markazi yaratildi, barcha maktab-internatlarning texnik bazasi rivojlantirildi, va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa kichik loyihalar amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi