20:43 / 30.12.2020
3 113

«Tiktokerlar ‘ijodi’ be’manilikdan iboratligini o‘zlari ham tan olishadi, lekin...»

«Tiktokerlar ‘ijodi’ be’manilikdan iboratligini o‘zlari ham tan olishadi, lekin...»
Foto: Kun.uz
Ortda qolayotgan yilda asosan be’mani videolar platformasi – TikTok ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda ham katta tezlikda ommalashib, bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.

Jurnalist Bobur Akmalov o‘zining «Kun. Munosabat» ruknining navbatdagi sonida «TikTok pandemiyasi» haqida hikoya qiluvchi ko‘rsatuv muallifi Jamshidxon Ziyoxonov bilan bugungi yoshlar hayotidagi ko‘pchilikka noma’lum sahifalar haqida fikr almashdi.

«TikTok'ning yaxshi yoki yomon tomonlari? Bu savolga ko‘rsatuvni tayyorlash jarayonida ham javob qidirdim. To‘g‘risini aytsam, javob topishim juda qiyin bo‘ldi. O‘zbekistondagi mashhur tiktokerlar bilan gaplashdim, menda ular haqida yomon taassurot qolgani yo‘q. Vaholanki, men ular ishlayotgan videolarga yomon munosabatdaman.

Bu be’mani videolarning hech qanday foydali tomoni yo‘q. Menimcha, bu bolalar, ya’ni tiktok auditoriyasi so‘ragan narsani berayotgan tiktokerlar – hozirgi trenddagi talabning qurbonlari.

Ular ko‘pchiligi videolari be’mani ekanini tan olishyapti. Ko‘pchiligi ma’noliroq videolar qilib ko‘rishgan, lekin u videolarni hech kim ko‘rmagan. Aksincha, be’mani kontentni tomoshabinlar ko‘proq ko‘rib, layk qo‘ygani uchun ular shunaqa videolarni ishlashyapti. Va ularga katta-katta reklama takliflari tushyapti.

Albatta, bunaqa katta kompaniyalar kelib, yillik shartnomalar tuzganidan keyin, tiktokerlarning o‘zlariga ishonchi ortadi, qilayotgan ishiga tanqidiy munosabati kamayadi. Shunday ekan, be’mani video olishda davom etaverishadi. Chunki ular bo‘lmasa, o‘rniga boshqalar shu ishni qiladi.

Saviya juda ham sayozlashib ketdi? Ha, shunday. Buni bekorga pandemiya deb atamadim. Ilk marta tiktokka kirib ko‘rganimda, logikaga to‘g‘ri kelmaydigan, maza-matrasiz videolarni shunchalik ko‘p odam ko‘rayotgani, layk bosayotgani, muhokama qilayotganini ko‘rib shokka tushganman.

Bunaqa saviyadagi kontent tarqalishini kamaytirishni istasak, ularni o‘zimiz ham boshqalarga ulashmasligimiz, behuda vaqt sarflab ko‘rib yurmasligimiz kerak», – deydi Jamshid Ziyoxonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tiktokerlar ‘ijodi’ be’manilikdan iboratligini o‘zlari ham tan olishadi, lekin...»