Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida YPX avtomashinasi YTHga uchragani haqida xabar tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 yanvar kuni soat 00:20larda, Toshkent shahar Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud ko‘chasida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi O.I. "Lasetti" rusumli maxsus xizmat avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytiladi. Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin