1 980
Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarning faoliyat yuritishiga ruxsat berildi
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonot bilan chiqdi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar tomonidan soat 8:00dan 23:00gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilindi.
Ushbu xizmatlar Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.
“Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi natijasida karantin hattoki ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyatini to‘xtatish kabi cheklovlar hamon davom etmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi xalqimizdan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya etishlari hamda mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasida erishilgan bugungi vaziyatni bardavom bo‘lishi uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirishlarini so‘rab qoladi”, - deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"