2 424
"Xizmat avtomobillari oldida raqsga tushgan erkatoylar"ga sud tomonidan chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqda "Xizmat avtomobillari oldida raqs tushayotgan erkatoylar" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha o‘rganildi va huquqbuzarlarga sud tomonidan chora ko‘rildi, deb xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.
"Joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Xizmat avtomobillari oldida raqs tushayotgan erkatoylar" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 28 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari xizmat yuzasidan Toshkent viloyatiga kelishgan vaqtida, Olmaliq shahar, «Kimyogar» MFY, Metallurg ko‘chasi, 42-uy oldida joylashgan «Hilol» mehmonxonasiga joylashishgan.
Mehmonxona yonida to‘xtab turgan, xodimlar boshqarib kelgan, "Lasetti" rusumli, 75 597 VSF va 75 674 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobillari oldida, soat 20:00larda fuqarolar, 1982 yilda tug‘ilgan Ye.Ch., 2003 yilda tug‘ilgan B.U., B.M., B.R. va O.M.lar turli o‘yinlarga tushib, uyatli xatti-harakatlari orqali hurmatsizlik, mensimaslik kabi jihatlarini ko‘rsatishgan va ushbu jarayonni video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqda tarqatishgan.
Surishtiruv ishlari olib borildi va to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborildi.
Sud tomonidan fuqaro Ye.Ch. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-modda (mayda bezorilik)sida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi, voyaga yetmagan 4 nafar bolalarning onalariga nisbatan ushbu Kodeksning 47-modda (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik)si 1-qismi tartibida har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilib, voyaga yetmagan shaxslar esa Olmaliq shahar 20-sonli IDUM ichki ro‘yxatiga olingan" deyiladi ushbu xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi