
Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning yanvar oyida jismoniy shaxslar foydasiga 51 ta ijro ishlari bo‘yicha 206.9 mln.so‘mlik ish haqlari o‘z egalariga undirib berildi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining qaroriga asosan “Xovos Agroservis MTP” MCHJ da mehnat qilgan 28 nafar xodimlarga jami 119.1 mln.so‘m ish haqlari undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan shu kunning o‘zida ijro ish yuritish qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor MCHJdan 28 nafar fuqaroga ish haqi pullari undirilib, ularning plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar