Foto: Turizm qo‘mitasi
Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda qator taniqli inflyuyenserlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga kelishdi.
Mehmonlar 5 kun davomida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishadi.
Mehmonlar orasida Yilmaz Ali Abdusselam (7,21 million obunachi), Go‘k Kerem (528 ming obunachi), Bekar Halil Ibrohim (88,1 ming obunachi), Katana Yilmaz Huseyn (297 ming obunachi) va Gench Mehmet (492 ming obunachi), Yosir Yilmaz (853 ming obunachi) kabi faol You-Tube blogerlar bor.
Media-guruh 12 fevraldan 17 fevralga qadar O‘zbekistonda bo‘lib, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo‘ylab sayohat qilishni rejalashtirilgan. Sayohat davomida inflyuyenserlar guruhi yurtimizning muqaddas qadamjolarida ziyorat amallarini bajo etishadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz madaniyati, qadriyatlari hamda turizm tarmoqlari xususiyatlari bilan yaqindan tanishtiriladi.
Tashrif doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida media-guruh va mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi