O‘zbekistonda pensiyada mazza qilib yashash uchun qancha pul kerak?

O‘zbekistonda pensiyada mazza qilib yashash uchun qancha pul kerak?
«Netcredit» turli mamlakatlarda bir pensioner 14+ yil tashvishsiz umrguzaronlik qilishi uchun qancha mablag‘ kerakligini hisoblab chiqdi. Bir pensionerning o‘rtacha «umri» shuncha. Har bir mamlakat uchun o‘sha yerdagi tovar va xizmatlar narx-navosidan kelib chiqib mablag‘lar hisoblangan.
O‘zbekistonda pensiyada mazza qilib yashash uchun qancha pul kerak?
Surat alohida sahifada ochilsa kattalashadi
Hisob-kitoblar keksalikda eng ko‘p pul Bermud orolarida yashovchilarga kerak bo‘lishini ko‘rsatdi — $1 605 697, eng kam Pokistonda — $182 018.

Cobiq Ittifoqning ayrim mamlakatlari:
Qozog‘iston — $227 596 yoki 95,7 mln. tenge
Rossiya — $235 244 yoki 17,56 mln. rubl
O‘zbekiston — $237 118 yoki 2,5 mlrd. so‘m.
Ukraina — $237 674 yoki 6,6 mln. grivna
Belarus — $243 150 yoki 640 ming rubl
O‘zbekistonda farovon keksalik bahosi — 2,5 mlrd. so‘m — 14 yilga bo‘linsa yiliga 178,5 million so‘mdan tushadi. Oxirgi summa 12 oyga taqsimlansa salkam 15 millionga aylanadi. Hozircha bunaqa pensiya tugul maosh ham ko‘pchiligimizning tasavvurimizdan ancha yiroq. Yo qarshilar bormi...

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar