
Foto: Tergov departamenti
Xorazm viloyatining Shovot tumani Guliston MFY hududida 2021 yil 15 fevral kuni soat 03:30 larda 30 yoshli Davlatyor D. singlisi «Damas» rusumli avtomashinadan tushganini ko‘rib qoladi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, aka ularning yoniga borib haydovchi 36 yoshli Xursandbek Q. bilan janjallashib ketadi va yog‘och bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi. Natijada Xursandbek Q. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Davlatyor D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar