Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing tashkil qilindi, deb xabar beradi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida 2020 yil davomida jami 11 276 fuqarolik ishi tamomlangan. Ko‘rilgan ishlarning 7393 tasi bitimlarga doir nizolar bo‘lsa, 1485 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan. Qolganlarini mehnat, mulk huquqi va boshqalar tashkil etgan.
"Ajrashishning asosiy sabablaridan biri – aksariyat yoshlarimiz oila qurishga tayyor emas. Ajrimlar sonini kamaytirishga erishish va mustahkam oilani shakllantirish uchun nikohga kiruvchilarga e’tibor kuchaytirilishi maqsadga muvofiq", — deyiladi xabarda.
Tadbirda nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish zarurligi taklif etilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda FHDYOga ariza topshirganidan so‘ng bir oy o‘tib oila qurish mumkin. Vaholanki, bu muddatda ikki yosh hatto bir-birini tanib olishga ham ulgurmaydi.
Shu bois nikohga kirish muddatini bir oy emas, uch oyga uzaytirish lozimligi ta’kidlangan. Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi