DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga chek qo‘yildi.
Xususan, Buxoro shahrida yashovchi, 1983 y.t. J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. Q.D.lar aldov yo‘li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida «Toshkent-Sharja», «Sharja-Maskat» yo‘nalishi bo‘yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.
Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.
Ta’kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummon Sultonligiga qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda J.R. va Q.D.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi