Foto: Twitter / HelenaFraserUN
Rossiya hukumatidan ko‘chma diagnostika va davolash klinikasini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirish marosimi 10 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».
«KamAZ» yuk mashinasi platformasida o‘rnatiladigan majmua birlamchi tibbiy-profilaktika, akusherlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam ko‘rsatishga, shuningdek, o‘ta xavfli infeksiyalarni (OIV, COVID-19 va boshqalar) tekshirish va aniqlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, ko‘chma diagnostika majmuasi instrumental, laboratoriya, funksional va ultratovush diagnostikasi uchun mo‘ljallangan tibbiy asbob-uskunalar to‘plami bilan jihozlangan bo‘lib, avtonom rejimda ishlashi mumkin. Unda olis va chekka hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.
Yetkazib berish «Rospotrebnadzor», «SPID infosvyaz» jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV /OITS YUNEYDS bo‘yicha qo‘shma dasturi doirasida amalga oshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi