
Foto: FVV
«Qamchiq» dovonida daraxt ko‘chatlari bilan harakatlangan yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun — 12 mart kuni erta tongda «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 279-kilometrida sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatiga daraxt ko‘chatlarini ortib harakatlangan «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Haydovchi jiddiy jarohat olmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida yuk avtomashina o‘nglashga yordam ko‘rsatildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar