2 076
Bir qator davlatlarda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatildi. O‘zbekiston bu vaksinadan foydalanadimi?
Foto: AstraZeneca
O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinishi, vaksinaning dastlabki partiyasi 20 martga qadar keltirilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq qonda tromblar paydo bo‘lishi kuzatilgani sabab ushbu vaksina bilan emlash Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya va Bolgariyada to‘xtatilgani, Tailandda esa keyinga qoldirilgani ma’lum qilindi.
Ushbu holatlardan so‘ng ham vaksina O‘zbekistonga olib kelinadimi, degan savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrullo Mustafoyev javob berdi.
«Xabarlarni men ham o‘qidim. O‘ylab ko‘raylik, Daniya, Shvetsiya Yevropa davlatlari ichida eng rivojlangani. Ular ham shu vaksinadan foydalanyapti. Endi hozir to‘xtatib qo‘ydi. AstraZeneca hamma sinovlardan o‘tgan, JSST tomonidan tavsiya berilgan. Bizning olimlar ham uni tekshirgan. Vahimaga yoki xavotirga o‘rin yo‘q», — deydi Xayrullo Mustafoyev.
Shuningdek, professor qonida koronavirusga qarshi antitanachalar mavjud bo‘lgan odamlar emlanmagani ma’qulligini ta’kidladi.
«Antitanacha bo‘lsa, nima qilamiz yana emlab. Buni bamaslahat tibbiyot xodimlarimiz, olimlarimiz yana tavsiya beradi. Dastlabki jarayonda muhtoj aholini himoyalash kerak», — deydi tibbiyot fanlari doktori. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi