Foto: «Tergov.uz»
2021 yil 25 mart kuni soat 2:30 larda aka-uka 30 yoshli Jaloliddin N. va 27 yoshli Jamoliddin N.lar boshqaruvidagi «Nexia-Ravon» rusumli avtomashinasida Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan «Amfiteatr» majmuasi qarshisidagi chorrahada harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanib kelayotgan «Malibu» rusumli avtomashina haydovchisi 28 yoshli Umid X. bilan bir-biriga «nega o‘qrayib qaraysan» deb avtomashinalarini chekkaga to‘xtatishadi. Hech bir sababsiz o‘zaro janjallashganliklari oqibatida Umid X.ning o‘ng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib jarohat yetkazganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jaloliddin N. va Jamoliddin N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «a, B, v» bandi (Bezorilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi