2 915
Jizzaxda «musorovoz»ning gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog‘i kesib tashlandi
Kadr: Telegram
Jizzaxda «musorovoz»ning gaz balloni portlashi oqibatida yo‘l chekkasida turgan ota-bola reanimatsiyaga yotqizilgandi. «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, gaz balonining bo‘laklaridan ota va bolaning oyoqlari jiddiy shikastlangan.
Maxsus yuk avtoulov haydovchisi 13 aprel kuni soat taxminan 07:15 da Sharof Rashidov tumani «Tuyoqli» mahallasi hududida joylashgan «Gulida Qudratova» kompaniyasining gaz quyish shoxobchasidan 20 kub metan gaz quyilishi ko‘zda tutilgan gaz baloniga ortiqcha 7 kub siqilgan gazni quydirgani sabab, katta atmosfera paydo bo‘lishi natijasida gaz balon portlagani aniqlangan.
Hodisa oqibatida piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tish maqsadida turgan ikki kishi — 1982 yilda tug‘ilgan erkak ikkala oyog‘ining jarohatlari tashxisi bilan va uning 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘li ikkala oyog‘ining sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Filial direktorining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya (kesilgan) qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi