
Jizzaxda soxta oliy ma’lumotli diplomga ega 10 nafar maktab o‘qituvchisi hibsga olingan, deb xabar berdi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tuman xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan tekshiruv davomida oliy o‘quv yurtlarida o‘qimagan va soxta diplom bilan o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 10 kishi aniqlandi.
Aniqlangan soxta o‘qituvchilarda Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetining qalbaki diplomlari bo‘lgan.
Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ishlatish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar