2 451
Andijonda soxta PZR-testlarni tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan ikki maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

Foto: IIV matbuot xizmati
Andijon viloyatida koronavirusga qarshi qalbaki PZR-test ma’lumotnomalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan 17 yoshli ikki yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari bo‘lgan M.U. va N.M. «Do‘stlik» chegara nazorat posti yaqinida xolis xaridor sifatida jalb etilgan 2 nafar fuqaroga 110 ming so‘mga PZR-testi ma’lumotnomasi qilib berishini aytib, ularning fuqarolik pasportini olgan. Oradan 20 daqiqa o‘tib, 2 dona COVID-19 tahlil ma’lumotnomasini olib kelib berib, kelishilgan pulni olgan vaqtida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.
Tadbir davomida M.U.ning uyi ko‘zdan kechirilganida, 45 dona Andijon viloyati SEOM g‘azna kirim orderi blankasi, 30 dona COVID-19 infeksiyasiga tekshirilgan test natijasi haqida ma’lumotnoma blankasi hamda 1 dona noutbuk va 1 dona rangli printer borligi aniqlangan. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar