20:02 / 09.05.2021
2 263

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyi haqida


Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi G‘alaba bog‘i tarkibida bo‘lgan Shon-sharaf muzeyidagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, muzeyda 12 ming 500 dan ziyod eksponat to‘plangan bo‘lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. Davlat rahbarining avvalgi tashrifi chog‘idagi ko‘rsatmalari asosida ekspozitsiyalar yanada boyitilgan. Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar uchun alohida bo‘limlar tashkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak. Urushda qatnashgan yoki yetim bolalarni boqib olgan insonlarning avlodlari bilan bog‘lanib, bobolarining jasoratini yuzaga chiqarish zarur. Hali o‘rganilmagan juda ko‘p manbalar bor. Yurtimizdagi har bir qishloq, mahalla, maktab, umuman, jamoatchilik ularni to‘plash va targ‘ib etishda faollik ko‘rsatishi kerak. Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak», — degan Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish, kitoblar chop etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi Shon-sharaf muzeyi haqida