Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig‘iga ega bo‘lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qism xodimlari bilan hamkorlikda, “Ketti” laqabli xizmat iti yordamida, Toshkent viloyati, Bekobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Toshkent viloyati, Bekobod tumani, O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududida Tojikistondan O‘zbekistonga noma’lum shaxslar tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan tamaki mahsulotlarini fuqaro B.A. va fuqaro X.T.lar tomonidan tashib ketilayotgan 6 dona ho‘jalik qoplari to‘xtatib qolinib, ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 225 000 000 so‘mlik, 9 000 quti “ESSE CHANGE” va “ESSE Special Gold” nomli O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti