O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar beradi Norma. Hujjat «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘RQ-642-son qonuniga muvofiq qabul qilingan.
Yo‘riqnoma quyidagi sabablarga ko‘ra ishdan ozod etilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibini belgilaydi: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi.
Mazkur shaxslarga ular rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi taqdim etiladi:
- erkaklar — 58 yoshda bo‘lib, mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan taqdirda;
- ayollar — 53 yoshda bo‘lib, mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan taqdirda.
Ikkinchidan, belgilanishicha, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng, 30 kalendar kun ichida hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilsa, markaz xodimlari 3 oylik davr ichida (avval — agar ishdan ozod etilganlar 10 kun ichida murojaat qilsa) maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Agarda ozod etilgan shaxslar 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsa, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari 10 kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari zarur.
Ushbu hujjat 2021 yil 4 maydan kuchga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi