Bojxonachilar tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda yurtimizda giyohvand vositalarining noqonuniy harakatiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazgan navbatdagi tezkor tadbirlari davomida oldindan kuzatuvda bo‘lgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida, transport vositasining orqa yukxonasida polietilen paketga o‘ralgan go‘sht mahsuloti ichiga yashirib qo‘yilgan jigar rangdagi o‘tkir hidli mumsimon modda borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan ekspertiza tekshiruvlari natijasida mazkur modda 108 gr.og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi