12:17 / 15.06.2021
2 222

«Farhod» bozorida zo‘ravonlik qilayotgan IIB xodimlari» videosiga izoh berildi


Internet tarmog‘ida tarqagan Toshkent shahar IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqaro orasidagi kelishmovchilik videosi bo‘yicha bayonot berildi.

Aniqlanishicha, Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limiga poytaxtda yashovchi fuqaro Ch.T.dan murojaat kelib tushgan. Murojaatchi o‘z arizasida 41 yoshli Turg‘unpo‘lat X.ning undan 6.000.000 so‘m qarzi borligini ma’lum qilgan.

5 iyun kuni Uchtepa tumani IIO FMB inspektori M. Fozilov Turg‘unpo‘lat X.ni ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bilan tanishib, mazkur fakt bo‘yicha tushuntirish xati yozishi uchun taklif qilgan.

Xodimning ish joyiga Turg‘unpo‘lat bilan birga uning mazkur ishga aloqador bo‘lmagan ikki nafar tanishi (muqaddam ikki marta sudlangan 43 yoshli Farhod Yu. va 34 yoshli Solijon T.lar) ham kirmoqchi bo‘lishgan. Xonani tark etish to‘g‘risidagi iltimosga javoban fuqarolar qo‘pol muomalada bo‘lib, holatni videoga tushirishni boshlashgan va bu bilan xodimning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan.

Fuqarolar ichki ishlar bo‘limidan chiqarilishi jarayoni yuqoridagi videoga tushib qolgan. Kelishmovchilik davomida Turg‘unpo‘lat X. tushuntirish xati yozishga tayyorligini bildirib, o‘zi ham do‘stlarini tinchlantirmoqchi bo‘lgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Farhod» bozorida zo‘ravonlik qilayotgan IIB xodimlari» videosiga izoh berildi