08:00 / 16.06.2021
990

Termizda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

Termizda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

Foto: YXHBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqda «Termizda YPX xodimi qoidani buzdi» sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi. IIV YHXBB matbuot xizmati bu haqda rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda keltirilgan fotosuratda Termiz shahrida YHXBga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz rusumli 75 204 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlangani aks etgan.

Holat o‘rganilib, Mercedes-Benz rusumli maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma tuzilgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 1-qismini qo‘llagan holda 15 iyun kuni 122 500 so‘m jarimaga tortilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Termizda xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi