Yaqinlashib qolgan insult yoki trombozni qanday aniqlash mumkin?

Jamiyat1 daqiqa o'qish3.5K
Yaqinlashib qolgan insult yoki trombozni qanday aniqlash mumkin?
Foto: «Solodoctor.ru»
Xolesterin miqdorini muntazam nazorat qilish yurak kasalliklari va qon tomirlari tiqilib qolish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Yuqori xolesterin darajasi odatda o‘zini hech qanday namoyon qilmaydi va aksariyat hollarda favqulodda vaziyatlardagina bunga e’tibor berishadi, deb yozadi Daily Expess.

Organizmdagi yuqori xolesterinning eng kam ma’lum bo‘lgan ikki belgisi — bu boshning orqa qismida, ensada tez-tez bosh og‘rig‘i va qo‘l yoki oyoqlardagi og‘riq. Medicover Hospitals klinikasi shifokorlarining fikriga ko‘ra, bosh og‘rig‘i bosh atrofidagi qon tomirlarining tiqilib qolishidan kelib chiqadi:
«Bu qon tomirlari xolesterin moddalari bilan tiqilib qolganda sodir bo‘ladi. Agar bu to‘xtatilmasa, qon tomirlari yorilib, insultni keltirib chiqarishi mumkin».

Shuningdek, xolesterin to‘planishi oyoq va qo‘llardagi qon tomirlarini to‘sib qo‘yishi va vaqti-vaqti bilan og‘riq yoki sanchiq hissiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xolesterin miqdori halokatli darajada yuqori ekanligidan dalolat beradi.
«Yaxshi xolesterin» deb nomlanuvchisi yuqori zichlikdagi lipoprotein bo‘lgani uchun shunday ataladi. Ular qon tomir devorlaridan xolesterinni yo‘qotib, tomirlarni «tozalaydi».

Yomon xolesterin esa tomirlar devorlarida to‘planib, tiqin hosil qilishi, ateroskleroz, tromboz keltirib chiqarishi, qon tomirlari, yurak xurujlarini qo‘zg‘atishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?