Foto: IIV
Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 21 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hudud post-patrul xizmati xodimlari Jasur Madaliyev va Otabek Begimovlar Olmaliq shahri 5-daha hududida tungi xizmatni o‘tayotgan vaqtida shu hududda turgan Nexia avtomashinasidagi 5 nafar shaxs ularning e’tiborini tortgan. Xodimlar ushbu shaxslardan nima maqsadda bu yerda turganliklari va o‘zlarini tanishtirishlarini so‘ragan.
Ular esa o‘zlarini 1991 yilda tug‘ilgan Bahodir Q., 1991 yilda tug‘ilgan Sunnatulla A., 1994 yil tug‘ilgan Muhriddin M., 1983 yilda tug‘ilgan Akmal N. va 1992 yilda tug‘ilgan Ro‘zimat T. deb tanishtirgan va ularning ikki nafari Piskent tumanida joylashgan qo‘shma korxonada ishlashini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan suhbat va surushtiruv davomida avtomashina yukxonasida korxonadan yashirin ravishda olib chiqilgan 2 dona reduktor va 2 dona generator borligi aniqlandi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, IIBga olib kelindi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ular o‘tgan 20 kun mobaynida korxona binosidan jami 61 mln so‘mlik turli uskunalarni (4 dona 17 mln 172 ming so‘mlik dvigatel, 2 dona 11 mln 448 ming so‘mlik reduktor, 2 dona 2 mln 692 ming so‘mlik xavfsizlik mashinasi, 3 dona 29 mln 733 ming so‘mlik katta-kichik payvandlash uskunasini) yashirin ravishda olib chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Piskent tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «b,v,g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi