22:45 / 30.06.2021
1 959

MIB xodimlari Yuqori chirchiqda yoshlar uchrashdi


Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi kadrlar va ichki xavfsizlik sho‘’basi mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik texnikumning bitiruvchi yoshlar bilan press-tur doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tashkil etilishi, uning asosiy vazifalari, sohaga oid yangiliklari haqida ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, Byuro mas’ul xodimlari yoshlarni Byuro organlariga xizmat qabul qilishga oid savolariga javob berishdi.

Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan sohaga oid savollariga javob berilib, ular mazkur texnikumni bitirganlaridan so‘ng, kelajakda o‘zlari sevgan ya’ni “huquqshunos” degan sharafli va o‘ta masu’liyatli kasbni egallab, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilishlarida ulkan zafarlar tilashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB xodimlari Yuqori chirchiqda yoshlar uchrashdi