Mamlakatimizda ayni damlarda zahmatkash dehqonning peshona teri evaziga yetishtirilgan g‘alla xirmonga yig‘ilmoqda. Shunday paytda, fermerlar hosilining davlat rejasidan ortiqcha qismini ham tortib olish holatlari, shuningdek, egasining roziligisiz omboridan hosilni olib chiqib ketayotgani haqida xabarlar kelmoqda.
Shu o‘rinda, Adliya vazirligi qonunlarni mensimasdan fermerning rejadan ortiqcha g‘allasini tortib olayotgan ayrim mansabdor shaxslarga amaldagi qonunchilikni eslatib, ularga nisabatan javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantiradi.
Birinchidan, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra fermer yetishtirgan mahsulot uning mulkdir va u davlat himoyasida. Konstitutsiyaning 53-moddasiga ko‘ra xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Xuddi shunday, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarda ham tadbirkor hisoblangan fermerlarning mulki davlat tomonidan himoyalanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, fermerlarning mulkiy huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy (9,8 mln. so‘mdan 19,6 mln. so‘mgacha jarima) va jinoiy (7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) javobgarlik belgilangan.
Ikkinchidan, rejadan ortiqcha g‘allani olish maqsadida fuqarolarning uy-joylariga ularning ruxsatisiz kirish Konstitutsiyaning 27-moddasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zid keladi va aybdor Jinoyat kodeksining 142-moddasiga ko‘ra 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Uchinchidan, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga asosan, fermerlar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra fermerlar davlat ehtiyojlari uchun yetishtirgan hosilni kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berishga majburdir.
Kontraktatsiya shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatdan ortiq hajmda mahsulot talab qilish qonunchilik hujjatlariga zid hisoblanadi.
Shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha vujudga kelgan nizolar faqat o‘zaro yoki sud tartibida hal etilishi lozim. Bunday holatlarda zo‘ravonlik ishlatish yoki o‘zgacha usulda noqonuniy majburlash – qonun buzilishi hisoblanadi va javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Adliya vazirligi tegishli mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarini qonunlarni hurmat qilishga hamda fermerlarning huquqlarini buzmaslikka chaqiradi.
Qonunni mensimagan va fermerlarning huquqlarini buzgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi haqida yana bir marotaba ogohlantiramiz.
Hurmatli fermerlar, huquqingiz buzilgan har qanday holatda, zudlik bilan adliya organlariga (“1008” – telefon raqam yoki @fermermadadbot – telegram orqali) murojaat qiling.
Sizning huquqlaringiz albatta himoya qilinadi!
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi