Foto: Videolavhadan skrinshot
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov BBC o‘zbek xizmatiga intervyu berdi. Suhbat davomida jurnalist: «Komil Allamjonovni prezident bo‘lishga maqsad qilish yoki orzu qilishda ayblay olamizmi?» deya savol berdi.
«Yo‘q, menda siyosiy ambitsiyalar yo‘q... Har bitta kitob yozayotgan odam, har bitta yangi-yangi loyihalarni qilagan odam, albatta prezident bo‘lishni orzu qilib amalga oshirmaydi bu ishlarni. Hammaning o‘z maqsadlari bor. Mening hozirgi bosh maqsadim, yoshlarni ilmga jalb qilish. Bugun jamiyatimiz rivojlanishi, oyoqqa turishi uchun ikkita narsa kerak: yoshlarimiz yo bilimli bo‘lishi kerak, yo hunarli bo‘lishi kerak.
Har bitta kitob yozgan odam, har bitta «Zakovat»ga o‘xshagan yirik loyihalarni qilayotgan odam siyosiy ambitsiyalar bilan yashayveradigan bo‘lsa, bilasizmi... hammaning dunyoqarashi, maqsadi har xil. Menda bunday ambitsiyalar yo‘q», — deya javob qaytardi Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”