So‘x tumani Rovon qishlog‘ida yashovchi M.Axmadaliyev 2019 yil iyul oyida “Toza hudud” DUK So‘x tuman bo‘limida ishchi vazifasiga ishga kirib, oktabr oyiga qadar 4 oy davomida mehnat qilgan bo‘lishiga qaramasdan unga ish haqlari to‘lab berilmagan.
Bir necha marotaba “Toza hudud” DUK rahbariyatiga murojaatlari javobsiz qoldi. So‘x tuman Adliya bo‘limiga qilgan murojaatidan so‘ng fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudida 11.06.2021 yilda ish ko‘rib chiqilib, 2019 yil iyul-oktabr oylari uchun jami 4 089 568 so‘m undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limiga 23.06.2021 yilda sud qarori ijro uchun kelib tushgandan so‘ng darhol ish haqini to‘lab berish haqida qarzdor “Toza hudud” DUK rahbari nomiga talabnoma yuborilgan.
Biroq, qarzdor ixtiyoriy ravishda ish haqini to‘lab bermaganligi sababli majburiy ijro harakatlari o‘tkazish orqali 4 mln. 89 ming so‘m ish haqi undirib berilishi bilan birga ijro hujjati o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli 204 478 so‘m ijro yig‘imi undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?