2 407
Toshkentda «razborka» uchun to‘plangan o‘nlab maktab o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi
Toshkent shahri Mirobod tumanida tunda to‘plangan 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 10 iyul kuni, taxminan, soat 20:30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilayotgani, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlar — 8, 9, 11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganini aniqladi. Sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMBga olib kelingan.
Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berdi va ular ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazdi. Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi