10:27 / 23.07.2021
2 497

Koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni keskin oshmoqda


Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 738 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 462 nafarga yetdi, 5 nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122786 (+738) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
  • 76 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 85 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 65 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 117303 (+548) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 819 nafarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni keskin oshmoqda