
Surxondaryo viloyati hududidagi «Termiz» poligonida O‘zbekiston – Rossiya qurolli kuchlari hamkorligida o‘tkaziladigan qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etuvchi Rossiya qurolli kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.
Mashqlar «Termiz» poligonida 30 iyuldan 10 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ularda Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlarining 1,5 mingga yaqin harbiysi ishtirok etadi.
Ushbu mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyat hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaygani ortida yomonlashgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo ViloyatiTermiz PoligoniO‘zbekiston RossiyaHarbiy O‘quvQurolli KuchlarAfg‘oniston Vaziyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar