
AQSHdan O‘zbekistonga 3 million doza Moderna vaksinasi olib kelingani haqida avval xabar berilgandi.
«Vaksina.uz» kanalining yozishicha, Toshkent shahridagi ayrim oilaviy poliklinikalarda mazkur vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan.
Ta’kidlanishicha, vaksinani saqlash sharoitlariga qat’iy rioya qilinmoqda. Ushbu vaksina ikki dozada qilinadi. Oraliq davr — 28 kun.
«Mazkur vaksinani istalgan odam o‘z oilaviy poliklinikasida olishi mumkin. O‘zingiz bilan pasport nusxasini oling. Poliklinikaga borishdan avval qo‘ng‘iroq qilib, vaksina kelgan-kelmaganini aniqlashtiring», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, JSST ekspertlar guruhi Moderna vaksinasining virusga qarshi 94,1 foiz samarador ekani qayd etgan.
AQSHO‘zbekistonModerna VaksinasiToshkent ShahridagiVaksina IshlariEmash Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar