09:51 / 01.08.2021
3 330

Toshkentda ayolga kuch ishlatib, sochidan tortgan erkak videosi yuzasidan ma’lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi tomonidan bir ayolga kuch ishlatilayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 30 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan X.F. o‘zining turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan M.O. bilan birga Uchtepa tumani Cho‘ponota ko‘chasida ketayotgan vaqtida o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan.
Oqibatda X.F. turmush o‘rtog‘i M.O.ga nisbatan kuch ishlatib, sochidan tortgan. Mazkur holat yuzasidan M.O. ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Uchtepa tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida M.O. turmush o‘rtog‘iga nisbatan hech qanday e’tirozlari yo‘qligini, 2 nafar farzandi borligini va o‘zaro yarashib olishganini ma’lum qilib, himoya orderi olishdan bosh tortgan.

X.F. qilgan ishidan pushaymonligini, jahl ustida turmush o‘rtog‘iga kuch ishlatganini va turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olganini ma’lum qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ayolga kuch ishlatib, sochidan tortgan erkak videosi yuzasidan ma’lumot berildi