Bag‘dodda qarzdorning "Orlando" avtomashinasi xatlandi

Bag‘dodda qarzdorning "Orlando" avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosining Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor "Mega Farm" MCHJdan "Mikrokreditbank" Qo‘qon filiali foydasiga 191,0 mln. so‘m kredit qarzini undirish bo‘yicha ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor "Mega Farm" MCHJ qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi uchun garovda bo‘lgan "Orlando" avtomashinasi xatlandi.

Bu esa bank kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash lozimligini anglatadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar