22:54 / 06.08.2021
2 904

MIB: “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga 265,8 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi


Joriy yilning 6 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan “Ijro tizimidagi yangiliklar va samaradorlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Byuro direktorining birinchi o‘rinbosari Shavkat Xaydarov, Byuro markaziy apparati hamda Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari, shuningdek Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi hamda rasmiy internet-saytlari vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, Majburiy ijro byurosi sud va boshqa organ qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.

Byuro organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda qo‘llanilib borilishi, o‘z navbatida ijro ishlarining samaradorligiga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Byuro Byuro direktorining birinchi o‘rinbosari Shavkat Xaydarov hamda mas’ul xodimlar tomonidan sohada izchillik amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, mavjud qarzdorliklar, respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish, shu jumladan ijro ishi jarayonini “onlayn” rejimda kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot “MIB.UZ” mobil ilovasi joriy etilganligi, shuningdek, ijro jarayonida tashqi aralashuvlarning oldini olish maqsadida, “MIB-Portal” dasturiy ta’minoti  orqali “Aqlli  yordamchi” (Umniy pomoshnik) loyihasi ishga tushirilganligi haqida tushuntirish berishdi.

Aytish o‘rinliki, Byuro organlari tomonidan joriy yilning 7 oyida jami 12,9 trln so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanib, amalda undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga o‘sdi.

Birgina, davlat foydasiga 5,2 trln. so‘m mablag‘ undirilib, bu boradagi ko‘rsatgich 2,3 barobarga oshdi. Tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 4,8 trln so‘m, banklar uchun 2,2 trln so‘m va fuqarolarimiz manfaatlariga 750,9 mlrd so‘m undirildi. 

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 37 mlrd. 300 mln. so‘mlik aliment pullari undirildi, 4 mlrd. 200 mln. so‘mlik (31 ta) uy-joy va 1,5 mlrd. so‘mlik (15 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi.

Hozirda, yagona axborot tizimiga 293 mingdan ziyod aliment oluvchi va to‘lovchi haqidagi ma’lumotlar kiritilib, ijro harakatlarini “onlayn” rejimda tanishib borish imkoni yaratildi.

Respublikamizdagi har bir aliment oluvchi nomiga bank hisob-varag‘i ochilib, ularga 98 ming dona plastik kartochka tarqatildi. Shuningdek, aliment to‘lash uchun istagi bo‘lib, ish masalasida yechim topolmagan  34 ming 402 nafar ishsiz aliment to‘lovchilarning ish bandligi hal qilindi.

Oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning muqaddasligi masalasida olib borilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 11 ming 400 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 643 nafar fuqarolar ishga tiklandi va ularga to‘lanmay qolgan 32,5 mlrd so‘mlik ish haqlari undirib berildi.

Byuro organlari uchun doimo e’tiborda bo‘lib kelayotgan - “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolarimizga 265,8 mlrd so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi.

Tadbir davomida, tadbir ishtirokchilarga yana bir yangilik – MIB.UZ mobil ilovasida yangi “Bo‘lajak hamkoringizni biling !” xizmati ishga tushirilganligi va buning imkoniyatlari haqida batafsil izoh berildi.

Ushbu xizmat orqali, fuqarolarimiz hamda tadbirkorlar hamkorlik va moliyaviy kelishuv qilmoqchi bo‘lgan sub’ektlarga tegishli shaxslarning fuqarolik pasporti seriyasi, raqami yoki korxonaning INN(STIR) raqamlarini kiritish yo‘li bilan o‘sha korxona yoki fuqarolarning nomida mol-mulklari mavjud emasligi sababli, amalda undirish imkoni yo‘qligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

Matbuot anjumani davomida, ommaviy axborot vositalari vakillarining qiziqtirgan va jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan dolzarb savollarga Byuro rahbariyati hamda mas’ul xodimlar atroflicha tushuntirishlar berishdi.
 
Bosh prokuratura huzuridagi 
Majburiy ijro byurosi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat